O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vaziri Qozog‘istonda aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashdi
2019-09-18 | Texnologiyalar
Joriy yilning 16-17-sentabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining va ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov raqamli iqtisodiyot haqida ma’ruza qilgandi.
16-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarini qabul qilgandi.
17-sentabr kuni Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi hamda ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining qo‘shma yig‘ilishi o‘z ishini davom ettirib yakunladi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazdi.
Shuningdek, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqi Bosh kotibi Xoulin Jao, Butunjahon pochta ittifoqi Bosh direktori Hussayn Bishar, ASHH ijroiya qo‘mitasi Bosh direktori Nuruddin Muhitdinov, Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi vitse-prezidenti Tao Xou, GSMA assotsiatsiyasining tartibga soluvchi masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Justi, Qozog‘iston Respublikasi kosmik aloqalar markazi boshqaruvi raisi Baurjon Kudaboyev bilan uchrashdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, kelgusi istiqbolli vazifalar yuzasidan fikr almashildi.