O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belarus Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari N.V.Karchevskayaga Konservatoriyada

2019-09-18 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va madaniyat sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar doirasida 2019-yil 15-sentabr kuni Belarus Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Karchevskaya Natalya Vladimirovna O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rasmiy tashrif buyurdi.

Belarus Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari N.V.Karchevskayani O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.Mansurov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.Gafurova, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i E.Mamadjanova va “Musiqa” jurnalining Bosh muharriri o‘rinbosari Sh.Ganixanovalar kutib olishdi.

Muzokaralar chog‘ida ilmiy va ijodiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehmon konservatoriyaning o‘quv va ijodiy ishlari bilan ham tanishib, uning salobatliligi, chiroyli, keng kontsert zallariga maftun bo‘ldi.

Bunday uchrashuvlar madaniy aloqalarni kengaytirib, xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga va o‘quv jarayonini takomillashtirishga yordam beradi.

Поделиться