O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi, YI va BMTTD qo‘shma loyihasi: qishloq joylarda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish

2019-09-18 | Jamiyat

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida O‘zbekistonda “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” yangi qo‘shma loyihasiga start berildi.

Tadbirda ishtirok etgan vazirlik va idoralar, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari, ekspertlar, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat tuzilmalari va xizmatlar ko‘rsatish mexanizmlarini odamlar manfaatiga xizmat qiluvchi hamda dolzarb masalalarni xalqaro standartlarga muvofiq hal qiluvchi mexanizmga aylantirish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekistonda davlat xizmatlari tizimi izchil takomillashtirilib, modernizatsiya qilinayotganini qayd etdi. Ikki yil avval Prezident Shavkat Mirziyoyev “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan g‘oyani ilgari surish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Davlatimiz rahbari taklifiga muvofiq yangi tuzilma — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga asos solindi. Uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar batafsil o‘rganildi va tahlil qilindi. Davlat xizmatlari markazlarining asosiy maqsadi davlat organlari va fuqarolarning bevosita muloqotini minimallashtirish orqali korruptsiya va byurokratiyaning oldini olishdan iboratdir. 

Adliya vaziri R. Davletov, qo‘shma loyihaning ishga tushirilishi O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini fuqarolar manfaatlarini hisobga olgan holda oshirishga xizmat qilishini qayd etdi. Ta’kidlashicha, bu qishloq aholisining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, tug‘ilishni qayd etish yoki biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar tezlashadi, davlat organlarining jamiyat oldidagi hisobdorligi ortadi.

Loyiha doirasida qiymati 10 million yevro bo‘lgan 4 asosiy tarkibiy qismni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

1) tegishli sohalarda normativ baza, davlat siyosatini tartibga solish, ma’lumotlarni boshqarish va real ma’lumotlar asosida siyosatni ishlab chiqish;

2) Davlat xizmatlari agentligi, Adliya vazirligi va ular bilan bog‘liq tashkilotlarning institutsional salohiyatini mustahkamlash;

3) Tajriba hududlari - Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida davlat xizmatlarini taqdim etishning namunali modelini namoyish qilish maqsadida kamida beshta davlat xizmatlari markazining texnik salohiyatini oshirish;

4) Mahalliy hokimiyat organlari (hokimiyatlar) ishtirokida tajriba hududlarida rejalashtirish va boshqaruv tizimini joriy etish va sinov tariqasida amalga oshirish.

Loyiha yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq joylarda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va fuqarolarni qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb qilinishini kuchaytirish orqali aholining muhtoj qatlamlari, jumladan ayollar, yoshlar va bolalar, keksalar va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning hayot sifatini yaxshilash borasidagi muhim qadam sifatida taqdim etilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil noyabr oyida Adliya vazirligi va Yevropa Ittifoqi Bryusselda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi» Hamkorlik kengashining 14-chi yig‘ilishi davomida besh yilga mo‘ljallangan grant kelishuvini imzolagan edi. U davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yaxshilashga qaratilgan qator tadbirlarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

Grant doirasida ixtisoslashgan davlat xizmatlari veb-portali, vakolatli organlar va davlat xizmatlari markazlari o‘rtasida mobil ilovalar orqali onlayn rejimida axborot almashish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan. Kelishuv, shuningdek, blokcheyn, zamonaviy rejalashtirish usullari, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati samaradorligini baholashga doir tadbirlarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

Поделиться