O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shvetsiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Oʻzbekiston Mustaqilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

2019-09-17 | Jamiyat

15-sentyabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Oʻzbekiston Mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbir Shvetsiyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Shvetsiyada faoliyat yurituvchi turkompaniyalar vakillari va 100 dan ortiq vatandoshimiz ishtirok etishdi.

Stokgolmdagi tadbir davomida Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, yigʻilganlar yurtimizda turizmni rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarorlar, yurtimizning investitsiya salohiyati kabi maʼlumotlardan xabardor qilindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan vatandoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda Shvetsiyada koʻplab oʻzbek diasporasi yashashini inobatga olib, xorijda Oʻzbekiston turistik brendini targʻib qilish imkoniyatlariga doir amaliy masalalar muhokama qilindi hamda vatandoshlarimiz bilan hamkorlik istiqbollari belgilandi.

Shuningdek, Shvetsiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni birlashtirish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy turizm markazini tashkil qilish haqida kelishib olindi.   Oʻzbekiston filarmoniyasi “Sugʻdiyona” milliy cholgʻulari kamer orkestri tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga bayramona kayfiyat bagʻishladi. 

“Oʻzbekistonning Mustaqillik kuniga bagʻishlangan bayram tadbirining tashkil etilganidan juda hursandman. Yurtimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo ahli orasida katta qiziqishga sabab boʻlmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari bilan promo-tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldik. Umid qilamanki, keyingi yil ham, albatta, bugungidek tadbirlarni birga nishonlaymiz” – deydi vatandoshimiz, “GD Acconting AB” firmasi asoschisi Gʻanisher Darhonov.

Поделиться