O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turmush sifati normativlari loyihasini tasdiqlash bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
2019-09-17 | Jamiyat
2019-yil 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida tadbir o‘tkazildi.
Videokonferensiya formatida tashkil etilgan tadbirda Minsk shahrida o‘tkazilgan turmush sifati normativlari loyihasini tasdiqlash bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasining manfaatdor vazirlik va idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, MDH ijroiya qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdi. Jumladan, yurtimizdan Moliya, Iqtisodiyot va sanoat, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitalari, Gidrometeorologiya xizmati markazi vakillari qatnashdi.
Yig‘ilishda aholi farovonligi, turmush shart-sharoiti statistik ko‘rsatkichlari bo‘yicha turmush sifati normativlari loyihasini tasdiqlashda mamlakatlarning o‘zaro kelishuvi natijalari bo‘yicha MDHga a'zo davlatlarning takliflari muhokama qilindi.