O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazi tashkil etiladi

2019-09-17 | Saylov

Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga navbatdagi saylov bo‘lib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyasining majlisida saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘rildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Matbuot markazi Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uyda joylashgan bo‘lib, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni ochiqlik va oshkoralik printsiplariga rioya qilgan holda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga saylovlarga tayyorgarlikning borishi va saylov jarayonlarini yoritib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, o‘z vaqtida axborot olish hamda tarqatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, majlisda okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnoma, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi caylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash tartibi, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari hamda nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Shuningdek, “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida” qaror ham qabul qilindi.

Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Поделиться