O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yaponiya bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi
2019-09-17 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 16-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov rahbarligida videokonferents aloqa shaklida muhokama o‘tkazildi. Unda tegishli vazirlik va idoralar, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining raxbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi G.Fozilov ishtirok etdilar.
Muzokara davomida yaponiyalik hamkorlar bilan investitsiya, moliya-texnik va savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi istiqbollarini ishlab chiqish bo‘yicha tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Yaponiya texnologiyalarining rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekistonning turli sanoat sohalarida va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yirik yuqori texnologik loyihalarni yaponiyalik ekspert va mutaxassislarning ilg‘or tajribalarini asosida amalga oshirish uchun zamin yaratayotganligi ta’kidlandi.
Muhokama davomida istiqbolli loyiha takliflar ham ko‘rib chiqildi, vazirlik va idoralar raxbarlarining xizmat safarlari jadvali ishlab chiqildi, salohiyatli yaponiyalik hamkorlar bilan muzokaralarning ustuvor yo‘nalishlari va mavzulari belgilab olindi.
Muhokama natijasida idoralararo ishchi guruh ishtirokchilari Yaponiya bilan investitsiya, savdo-iqtisodiy, moliyaviy va texnik hamkorlikning asosiy muvofiqlashtiruvchisi bo‘lgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi loyihalarni ishlab chiqishda erishilgan natijalar to‘g‘risida doimiy ravishda ma’lumot berib borishlari kelishib olindi.