O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro seminarda O‘zbekiston tajribasi ko‘rsatildi

2019-09-17 | Ta’lim

Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlashtirish universiteti (QMIEP) bilan hamkorlikda 2019-yil 11-12-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi, Olma-ota shahrida “Terrorizmning oldini olish va qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurashish” mavzusida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarning maqsadi - oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining terrorizm va qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha modullar bilan to‘liq tanishtirish, O‘rta Osiyo oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichlarida modullarni o‘qitishning samarali usullarini ko‘rib chiqish, ishtirokchilarning modulga asoslangan kurslarni o‘qitishda ularning qobiliyatini kuchaytirish, modullarni ta’lim muassasasida mavjud yoki yangi kurslarga uyg‘unlashtirishda ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalarida shaxsiy fikr-mulohazalarini birlashtirish hisoblanadi.

Mazkur seminarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi tomonidan ilgari surilgan “Adolat yo‘lida ta’lim” (E4J) tashabbusi doirasida terrorizmning oldini olish va qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jahon internet va ijtimoiy tarmoqlardagi turli ma’lumotlar, g‘oyalar, mafkuralarni tahlil qilish hamda to‘g‘ri xulosa chiqarishlarida professor-o‘qituvchilar tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari, o‘quv mashg‘ulotlari, individual suhbatlarni olib borishda ularga metodik tavsiyalar, ko‘rsatmalar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan taqdimot materiallari, audio va videomateriallar asosida ishtirokchilarga tushuntirib berildi.

Shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Umidulla Sattarov ishtirok etib, oliy ta’lim tizimida mavzuga oid talaba-yoshlar bilan profilaktik tadbirlarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilishi, targ‘ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchan usullaridan foydalanish borasida O‘zbekiston tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Seminar ishtirokchilarida yurtimiz tajribasi katta qiziqish uyg‘otdi.

Поделиться