O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro biznes-forumga tayyorgarlik qizgʻin

2019-09-17 | Iqtisodiyot

Termiz shahrida joriy yilning 21-22-sentabr kunlari “Open South International Business Forum II” xalqaro biznes-forumi boʻlib oʻtadi.

Surxondaryo viloyati yer osti va yer usti tabiiy boyliklariga serob voha. Bu xorijiy davlatlar sarmoyadorlari bilan teng sheriklikka asoslangan istiqbolli biznesni yoʻlga qoʻyib, hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanishda muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, ziyorat, eko va agroturizm, sogʻlomlashtirish va gastronomik sayyohlik yoʻnalishlari rivojlanib bormoqda. Kichik turizm zonalarini tashkil etish boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirilayotir.
 
Viloyatda ikkinchi marta oʻtkazilayotgan mazkur tadbir ham hududga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillarini vohaning investitsiya, eksport, turizm salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatli boʻlmoqda. Ayni paytda viloyatda xalqaro forumni yuksak saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom etayotir. Jumladan, koʻcha va xiyobonlarni forum ruhiga mos banner hamda pannolar bilan bezash, Termiz shahridagi Sanʼat saroyini texnik jihozlash, Termiz tumanidagi “Termiz kargo” eksport markazi pavilyonlarida vohada ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh turli tayyor mahsulotlar koʻrgazmalarini tashkil etish, tovar ishlab chiqaruvchilar taqdimotlarini oʻtkazishga alohida etibor berilmoqda.
 
Maʼlumotlarga koʻra, “Open South International Business Forum II” xalqaro biznes-forumida jahonning 37 davlatidan 360 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari hamda xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi elchilari, chet el vakolatxonalari xodimlari ishtirok etish istagini bildirgan. Oʻtgan yil yoz faslida boʻlib oʻtgan ilk biznes- forumda dunyoning 25 davlatidan 254 ishtirokchi qatnashib, qiymati 351 million dollarlik 47 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishishgan va 214 million dollarga teng 44 ta tashqi savdo shartnomasi imzolangan edi. Mazkur shartnomalar asosida viloyatda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Demak, navbatdagi biznes-forum ham har ikki taraf uchun foydali kelishuvlarga boy boʻladi.
 

Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA

Поделиться