O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

100 MVt quvvatli fotoelektr stansiyasi quriladi

2019-09-13 | Iqtisodiyot

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi binosida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Fransiyaning “TOTAL Eren” kompaniyalari o‘rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Uchrashuvda “TOTAL Eren” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Faben Demol xonim, kompaniya yetakchilaridan Antuan Garret va Kristof Shalle, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor O‘ktamovich Umurzoqov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov va boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.
 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda fotoelektr stansiyasi qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil oktabr oyida Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Mana, bugungi kunga kelib fransiyalik hamkorlar mazkur loyihaga 150 million yevro sarmoya kiritish nazarda tutilgan. 
 
“ O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasini qurish ishlarining boshlanishi 2020 yil birinchi choragida amalga oshiriladi. Qisqa qilib aytganda, “TOTAL Eren” kompaniyasi O‘zbekistonda 25 yil davomida elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish amaliyotini bajaradi.

Поделиться