O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy va zamonaviylikni mujassam etgan namoyish

2019-09-13 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida Xalqaro toʻqimachilik mahsulotlari va moda industriyasi koʻrgazmasi doirasida modalar namoyishi oʻtkazildi.

Tadbirda soʻz olgan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov mamlakatimizda toʻqimachilik tarmogʻining ravnaqiga qaratilayotgan saʼy-harakatlar mamlakatimiz dizaynerlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish va xalqaro tajribani oʻrganish hamda oʻzaro hamkorlik oʻrnatishga xizmat qilishini qayd etdi.
 
Toshkent global toʻqimachilik kunlari doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir soha rivojida muhim ahamiyatga ega boʻlish barobarida mahalliy va xorijlik dizaynerlarni yangi gʻoyalar ustida ishlash, ijodkorlikka undash va oʻzaro aloqalarni mustahkamlashga imkoniyat yaratishi bilan eʼtiborlidir.
 
– 2004-yildan buyon dizaynerlik bilan shugʻullanib kelaman, – deydi buxorolik dizayner Umida Qobilova. – Maqsadim milliy matolardan zamonaviy liboslar yaratish. Bugungi namoyishda milliy va Yevropa uslubi uygʻunligida liboslar kolleksiyasini muxlislar eʼtiboriga havola etdim. Oʻylaymanki, bu ijod namunalarim ularga manzur boʻladi.
 
Tadbirda “Samo”, “Elegant garment”, “Safo” kabi mahalliy dizaynerlarning kolleksiyalari taqdim etildi. Ular orasida “Sharq liboslari” kolleksiyasi bir-biridan qiziqarli va betakrorligi bilan barchaga manzur boʻldi. Namoyishda nafaqat mahalliy dizaynerlar, balki Janubiy Koreya va Turkiyadan kelgan ijodkorlarning liboslar toʻplami ham ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.
 

N.ZIYODULLAYEVA, OʻzA

Поделиться