O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Mudofaa vaziri yordamchisining o‘rinbosari bilan uchrashuv
2019-09-11 | Siyosat
2019-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo’lib turgan AQSh Mudofaa vazirining Hind va Tinch okeanlari mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Rendal Shrayverni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston-AQSh ko‘p qirrali hamkorligining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz rahbarining 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Donald Trump o‘rtasidagi samarali muzokaralar O‘zbekiston va AQSh sherikligini yanada mustahkamlash va kengaytirishga turtki bo‘lgan muhim voqea bo‘ldi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xususan, afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga, shuningdek, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy munosabatlarga Afg‘onistonni jalb etish borasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Muzokaralarda AQSh Elchisi Deniel Rozenblum ishtirok etdi.