O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Norvegiya TIVning maxsus vakili bilan uchrashuv

2019-09-10 | Siyosat

2019-yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining mamlakatni BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga nomzod etib tayinlash bo‘yicha maxsus vakili Knut Vollebekni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Norvegiya turli sohalarda, jumladan, BMT doirasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekani ta’kidlandi. Shu o‘rinda uchrashuvda Norvegiya hukumatiga BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida Trast fondini yaratish bo‘icha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirzoyoyev tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va ushbu fondga moliyaviy mablag‘ ajratgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish va ikki mamlakat qonun chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini uzoq tanaffusdan keyin davom ettirish, shuningdek, parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha deputatlar guruhlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. Hozirgi vaqtda ushbu sohadagi ko‘rsatkichlar yirik salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Shu sababli iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston-Norvegiya institutini yaratish taklifi bildirildi.

Suhbat chog‘ida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться