O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq vakillari Umumxitoy majlisi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-09-10 | Siyosat

2019-yil 10-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning  Xalq vakillari Umumxitoy majlisining Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarda ishlash qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Li Chunshen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida, xususan ixtisoslashgan parlament tuzilmalari darajasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama sheriklik barcha sohalardagi munosabatlarni qamrab oladi va do‘stona, o‘zaro foydali xususiyatga ega. Xalqaro kun tartibining asosiy masalalari bo‘yicha tomonlar nuqtai nazarining mos kelishi yoki yaqinligi o‘zaro hamkorlikning yanada  rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston va Xitoy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida hamkorlik  borasida boy tajriba to‘planganligi qayd etildi. Jumladan, parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari muntazamlik kasb etdi, bu yo‘nalishda hamkorlik izchil kengayib bormoqda.

Uchrashuvda Xalq vakillari Umumxitoy majlisi va Oliy Majlis Senatining ixtisoslashgan qo‘mitalari darajasida parlament hamkorligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, XXRning Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarda ishlash qo‘mitasi agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan qonun hujjatlarini ishlab chiqish borasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi bilan tajriba almashish ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi qayd etildi. 

Shuningdek, uchrashuv yakunida samarali islohotlar va o‘zgarishlarning huquqiy asoslarini ta’minlashga oid tajribani chuqur o‘rganish maqsadida parlamentlararo aloqalarni faollashtirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish haqida kelishib olindi.

Поделиться