O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Norvegiya TIVning maxsus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-09-10 | Siyosat

2019-yil 9-sentabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Norvegiya TIVning maxsus elchisi Knut Vollebek bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining joriy yil iyun oyida Norvegiyaga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama etildi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Oxirgi yillarda O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi munosabatlar ancha faollashgani va bu mamlakatimiz tashqi siyosatining ochiqligi hamda uning hamkorlar bilan amaliy va o‘zaro foydali sheriklikni  kengaytirishga tayyorligidan darak berishi qayd etildi.

Norvegiya tomoni O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi. Norvegiya O‘zbekiston bilan har tomonlama munosabatlarni faollashtirishdan manfaatdorligi va yaqin orada yuksak darajadagi delegatsiyani respublikaga yuborish rejalashtirayotgani ta’kidlandi. Xususan, Norvegiya TIV rahbari Ine Soreydening O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish bo‘yicha ishlar borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, uchrashuvda Orolbo‘yi bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi trast fondi doirasida hamkorlik qilish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni donor davlatlar va xayriya tashkilotlari orasida birgalikda targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari ham muhokama etildi.

Поделиться