O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kelajak yoʻlida taʼlimdan ustuvor mezon yoʻq

2019-09-09 | Ta’lim

Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlganidek, Namangan viloyatida ham Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida Respublika Ishchi guruhi izchil ish olib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi vakillari, turli vazirlik va idora rahbarlari, mamlakatimizdagi nufuzli oliy oʻquv yurti rektor, prorektor hamda professor-oʻqituvchilari, viloyat hududidagi davlat va jamoat tashkilotlari masʼul-mutasaddilaridan iborat Ishchi guruhi butun eʼtiborni taʼlim sohasini tubdan yangilashga qaratmoqda.

Jumladan, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan birgalikda Namangan shahridagi Prezident maktabida boʻlib, bunyodkorlik, qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Prezident davlat maslahatchisi ushbu ilm maskani istiqbol egalarini ozod yurt ertasiga munosib yoshlar etib kamol toptirishini alohida taʼkidladi. Buning uchun, eng avvalo, qurilish-bunyodkorlik ishlari zamonaviy talablar asosida mukammal amalga oshirilishini bildirib, qurilish ishlarini sifatli bajarilishi yuzasidan masʼul mutasaddilarga topshiriq va zarur koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, ishchi guruh investitsiya dasturi asosida 6 milliard 926 ming soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga Namangan shahrining “Orzu“ massivida yangidan barpo etilib, yangi oʻquv yiliga oʻquvchilarga tuhfa etilgan 84-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻldi.

Ishchi guruhi vakillari har jihatdan shinam va koʻrkam bunyod etilgan zamonaviy maktabdagi kutubxona faoliyati, kimyo, texnologiya, oshxona va sport zalida yaratilgan qulaylik va shart-sharoitlar bilan tanishdi. Maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi. Ilm maskani ustoz-muallimlari, xususan, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bilan muloqot chogʻida, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus asosida oʻquvchilarni jismonan barkamol, maʼnan yetuk ulgʻaytirish borasidagi amaliy saʼy-harakatlarni yanada jadallashtirishga eʼtibor qaratildi.

11-sinf oʻquvchilari bilan suhbat jarayonida Prezident maslahatchisi mustaqil hayotga shaxdam qadam bilan borayotgan oʻquvchilar orzu-maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.

Yoshlarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib, ularga oliy oʻquv yurtlari faoliyati, ulardagi fakultet va yoʻnalishlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.

Prezident tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat, yurt ravnaqi va istiqboli uchun aniq maqsadni belgilab, uning roʻyobiga erishish uchun ilm-fan sirlarini chuqur va mukammal oʻrganish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Respublika Ishchi guruhi vakillari, shuningdek, 620 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgan 54-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham boʻlib, matematika, rus tili hamda chizmachilik darslarini kuzatdi.

84-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar tomonidan yaratilgan texnik ixtirolar, maktab maketi hamda qoʻl mehnati namunalari namoyish etildi. Maʼnaviyat xonasi, majlislar zali koʻzdan kechirildi.

1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ishchi guruh 9-sinfda kimyo darsini kuzatdi. Oʻquvchilar bilan suhbat olib borilib, ularning taklif, qiziqishlari oʻrganildi. Maktab sport zali va sport maydonchasi koʻzdan kechirildi. Oʻquvchilar sport bilan doimiy shugʻullanishi va yutuqlarga erishishi uchun maktabda sharoit yaratib berilishi boʻyicha topshiriqlar berildi.

Taʼlim istiqboliga qaratilgan amaliy jarayonlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Поделиться