O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xokkey bayrami yaqin

2019-09-09 | Sport

Yana bir necha kundan soʻng, aniqrogʻi 11-sentyabr kuni Oʻzbekistonning “Xumo” xokkey klubi oʻzining Oliy Xokkey ligasi (OXL)dagi ishtirokini boshlaydi.

OXL MDH mamlakatlarida nufuzi jihatidan ikkinchi xalqaro turnir hisoblanadi. Ushbu 2019-2020-yilgi mavsum liga uchun alohida ahamiyatga ega, yaʼni 10 yillik yubiley yilidir.

OXL muntazam chempionatida Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy va Oʻzbekistondan jami 34 klub roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, jamoalar ikki Konferensiya, toʻrt Divizionga boʻlingan. Mazkur bosqichda har bir jamoa 27 ta oʻz uyida, 27 ta mehmonda, hammasi boʻlib 54 ta oʻyinda ishtirok etadi. Tabiiyki, mamlakatimiz klubi uy oʻyinlarini muhtasham “Humo Arena” muz saroyida oʻtkazadi.

Muntazam chempionat 5-sentyabrdan 20-fevralga qadar davom etadi, gʻolib jamoa OXL gʻolibi, deb eʼlon qilinadi. Mavsum yakuniga koʻra, yuqoriroq natijaga erishgan 16 klub pley-off bosqichiga yoʻllanma oladi va yanada nufuzliroq sovrin –Petrov kubogi uchun kurashni davom ettiradi. Mazkur sovrin afsonaviy Mixaylov – Petrov – Xarlamov uchligi safida oʻynagan markaziy hujumchi sharafiga shunday nomlangan.

Xullas, mavsum boshlanishiga juda oz vaqt qoldi. Keling, xokkeychilarimizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaymiz.

Поделиться