O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bemorlarni reabilitatsiya qilishda Rossiya innovatsion raqamli texnologiyasi qoʻllaniladi

2019-09-07 | Sog‘liqni saqlash

10-sentabrda poytaxtimizda “Reabilitologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar, istiqbollar – 2019 ”mavzuida I Milliy respublika konferensiyasi boʻlib oʻtadi.

Unda bemorlarni reabilitatsiyaqilish boʻyicha Rossiyaning eng soʻnggi raqamli kompyuterlashtirilgan tizimidan foydalangan holda, Oʻzbekiston reabilitatsiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etiladi. Ushbu tizim Rossiya fanlar akademiyasi Akademigi Konstantin Lyadov rahbarligidagi ilmiy guruh boshchiligida “MedInvestGrupp”kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda mazkur ishlanmani nevrologiya, kardiologiya,travmatologiya yoʻnalishlari boʻyicha amaliyotga tadbiq etish rejalashtirilmoqda.
 
Oʻzbekistonlik reabilitologlarga taklif etilayotgan raqamli tizim Rossiyada roʻyxatda oʻtgan va bir necha hududlarda joriy etilmoqda .Dasturiy taʼminot, reabilitatsiya texnologiyalari, mutaxassislarning “Lyadov klinikasi” koʻp tarmoqli tibbiyot markazi»da oʻqitilishini taʼminlash - “MedInvestGrupp”kompaniyasi va akademik K. Lyadovning noyob loyihasidir. Unda qoʻllaniladigan dasturiy boshqaruvga ega trenajyorlar toʻplami Rossiyaning “Ortorent” kompaniyasi ishlab chiqarilgan.
 
Kompyuterlashtirilgan tizimimizning oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, ushbu tizim kasallik tarixini tahlil qiladi va sunʼiy intellekt bemorni tiklashga qaratilgan individual dasturni tuzib chiqadi. Trenajyorlar bemor uchun belgilangan sogʻlomlashtirish kursi yozilgan maxsus elektron kartalar yordamida boshqariladi. Shifokor tashkillashtirilgan davolash kursini toʻgʻirlaydi, instruktor esa, bemorning yoʻqotgan funksiyalarini tiklash yoki uning muskullarini mustahkamlashi uchun uning mashgʻulotlarni bajarishini kuzatib boradi. Avtomatlashtirish bemorlarga xizmat koʻrsatishni tezlashtiradi va instruktorlarni tayyorlash jarayonini soddalashtiradi.

Поделиться