O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

2019-09-07 | Ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra, mazkur tanlov XTV tizimidagi maktablarning 8-10-sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad - mamlakatimizda o‘quvchilarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda o‘g‘il-qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy me’rosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘z ijodiy salohiyati va iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, o‘quvchi-yoshlarda jamiyat hayotiga dahldorlik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, tanlov har yili sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida tuman (shahar)larda umumta’lim maktablarining jamoalari o‘rtasida, oktyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida tuman (shahar)larida hamda noyabr oyining birinchi o‘n kunligida esa Xorazm, Samarqand, Andijon, Toshkent viloyatlarida hududlararo Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim maktablari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, noyabr oyining uchinchi o‘n kunligida respublika miqyosida Toshkent shahrida hududlararo o‘tkazilgan o‘yinlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘rtasida tashkil etiladi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan umumta’lim muassasalar nomidan maktab rahbarlari yoki yoshlar yetakchilari 14 sentyabrga qadar maxsus sahifa orqali ishtirokchi jamoa talabnomasini to‘ldirishi kerak. Kelib tushgan talabnomalar asosida ro‘yxat shakllantiriladi. 15 sentyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tuman (shahar)lar kesimida e’lon qilinadi va tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga yo‘naltiriladi.

Tanlov quyidagi to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:

  • tanlovning tuman (shahar) bosqichi;
  • tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi;
  • tanlovning hududlararo saralash bosqichi;
  • tanlovning respublika bosqichi.

Tanlov quyida berilgan shartlar asosida amalga oshiriladi:

“Besh karra besh - yigirma besh” tanishuv sharti - jamoalar o‘zlarini xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rinishlari, hazil-mutoyiba, kuy-qo‘shiq, raqs va boshqa satirik-yumoristik sahna ko‘rinishlari uyg‘unlashgan holda chiqishlari tavsiya etiladi.

“Zukko, ziyrak o‘quvchi” savol javobi sharti - jamoalarning jamoaviy tartibda bir-birlariga qiziq (mantiqiy) savollar berishi va savollarga javob topishiga asoslangan shartdir.

“Bizda hammasi 5” quvnoq chiqish sharti - musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan keng foydalangan holda hayotda (xususan, yoshlar hayotida) uchraydigan turli xil qiziq voqelik, illat, kamchiliklar kulgu ostiga olingan, tarbiyaviy xususiyatga ega teatrlashtirilgan lavhalar (ko‘rinishlar)dan iborat bo‘ladi.

Biatlon sharti (respublika bosqichi uchun) - har bir jamoadan 3 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin.

G‘olib jamoa tanlovning Respublika bosqichida “Ko‘chma kubok”, diplom va noutbuk bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan har bir o‘quvchi-yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.

Shoshiling muddat oz qoldi.

Поделиться