O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2019-09-06 | Siyosat
2019-yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Elchi Afg‘onistonning mintaqaviy loyihalarga jalb etilishi muhimligi haqidagi O‘zbekiston tomonining fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, bu esa mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam berishini ta’kidladi.