O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari 56-sessiyasida Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi

2019-09-06 | Siyosat

Joriy yilning 5-sentabr kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari 56-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Senat a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'yektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Kun tartibida belgilanganidek, parlament ishchi guruhi tomonidan viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish natijalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ushbu masalada dastlab Oliy Majlis Senati a’zosi Rahmatulla Nazarovning hisoboti tinglandi.

Navoiy viloyati respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, keyingi uch yil davomida viloyatning barcha sohalari, jumladan iqtisodiyotida yanada rivojlanish va yuksalish kuzatilmoqda. Bunda, viloyatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini aholi jon boshiga hisoblaganda Respublika miqyosida Navoiy viloyati yetakchiligi bilan alohida ajralib turadi.

Jumladan, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmlari, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, kiritilgan investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha Respublikada 1-o‘rinda bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmatlar hamda chakana savdo aylanmasi hajmlari bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, ushbu yo‘nalishda Respublikaning  lokomotivi bo‘lib kelmoqda.

Bundan tashqari, viloyat foydali qazilmalarga boy hududlardan hisoblanib, hozirgi kunda ushbu qazilma boyliklaridan foydalanish darajasini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, viloyatda hozirgi kunda jami 120 ta foydali qazilma konlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 69 tasi  o‘zlashtirilgan.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

Поделиться