O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston jamoasi IX e-ICON musobaqasining maxsus sertifikatini qoʻlga kiritdi

2019-09-06 | Ta’lim

Joriy yilning avgust oyi oxirida Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan IX e-ICON Elektron taʼlim jahon musobaqasi final bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta nominatsiyaning biri (Cooperation Award) boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqa Koreya taʼlim vazirligi hamda Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining taʼlim instituti tomonidan tashkil etildi. Musobaqaning Pusan shahridagi final bosqichida 12 ta davlatdan 130 nafar ishtirokchi qatnashdi. Oʻzbekiston jamoasi ushbu musobaqada birinchi marta ishtirok etdi.

Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab oʻqituvchisi Sabohat Mahmudova hamda ushbu maktabning 11-sinf oʻquvchilari Barno Nurmuhammedova va Nastarin Mahmudova mazkur musobaqada yurtimiz sharafini himoya qildi.

Musobaqa doirasida Oʻzbekiston vakillari imkoniyati cheklangan oʻquvchilarga koʻmak beruvchi mobil ilovani yaratib, taqdimot qilishdi.

Yaratilgan ilova koʻrish va eshitish hamda sinf doskasidagi maʼlumotlarni yozib olishda qiyinchilikka uchrayotgan oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. 

Quyida jamoaning video taqdimotini koʻrishingiz mumkin.

Поделиться