O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi
2019-09-06 | Xavfsizlik sohasi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy qilib belgilandi (hozirga qadar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun – o‘n ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun – to‘qqiz oy); chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun – to‘qqiz oy).
Shuningdek, endilikda fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel—may oylarida amalga oshiriladi (hozirga qadar ular o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel—iyun oylarida amalga oshirilib kelgan).
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.