O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik British Council bilan uch yillik loyiha asosida oliy ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik qiladi

2019-09-06 | Ta’lim

Joriy yil 4-sentyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari uchun Buyuk Britaniyaning Advance HE tashkiloti ekspertlari ishtirokida xalqaro o‘quv-seminari o‘z ishini boshlagan edi.

 

Joriy yil 5-sentabr kuni oliy va o‘rta maxcus ta’lim vaziri I.Madjidov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Reychel Aylend, Advance HE ijrochi direktori Alison Jons va tashkilot katta maslahatchisi Jo Shafferlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda jahonda ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan bugungi kun talablari, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish borasidagi muammolar, ularni bartaraf etish omillari va istiqbollari, mazkur jarayonlarda ikki tomonlama hamkorlik borasida fikr almashildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini ta’minlash, akademik va moliyaviy mustaqillikka erishishning universitetlar faoliyatidagi ahamiyati, bu jarayonga oliy ta’lim muassasasining o‘zining to‘g‘ri munosabatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Professor-o‘qituvchilar, uslubchilarning on-layn hamjamiyatini shakllantirish yo‘li bilan fikrlar va g‘oyalarni umumlashtirish, tahlil qilish hamda yakuniy xulosalarni ishlab chiqish yuzasidan ham fikr almashindi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilariga ingliz tilini o‘rgatish texnologiyalari bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish, matbuot kotiblari uchun seminar-trening tashkil qilish masalalari yuzasidan ham tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashib borishga kelishib olishdi.

Поделиться