O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rassom va hunarmandlar taqdirlandi
2019-09-06 | Madaniyat
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi markaziy koʻrgazmalar zalida “Vatan mening nigohimda” respublika badiiy koʻrgazmasi va koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, sanʼat arboblari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Koʻrgazma ekspozitsiyasidan taniqli va yosh ijodkorlarning keyingi yillarda yaratgan asarlari oʻrin oldi. Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va xalq amaliy sanʼati asarlarini kuzatarkansiz, ularda ijodkorlarning oʻziga xos izlanishlari, gʻoya va mahoratlarini payqaysiz.
Koʻrgazma doirasida koʻrik-tanlov tashkil etildi. Unda hakamlar hayʼati tomonidan koʻrgazmaga taqdim etilgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari baholanib, gʻoliblar aniqlandi. Baholash jarayonida ijodiy ishlarning asosiy prinsiplari, mahorat salohiyati va mavzu gʻoyasini aniq ifoda eta olgani kabi mezonlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Rangtasvirchi rassomlar B.Yusupov, R.Klyayer, T.Fadeyeva, Ye.Li, X.Mirzahmedov, T.Karimov, N.Qoʻziyeva, S.Shin, L.Nesterovich, xalq amaliy sanʼat ustasi R.Zokirov va yogʻoch oʻymakori Sh.Ahmadnazarov diplom bilan taqdirlandi.