O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hongkongda matematika fani boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada Oʻquvchilarimiz 8 ta medallarni qoʻlga kiritdi

2019-09-05 | Ta’lim

Hongkongda matematika fani boʻyicha bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada ishtirok etgan Oʻzbekiston vakillari 8 ta medal olishga muvaffaq boʻldi.

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 2500 nafar bola qatnashgan olimpiadada 10 nafar oʻquvchidan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi ilk marta ishtirok etdi.

Olimpiadada quyidagi oʻgʻil-qizlar sovrindor boʻlishdi:

Oltin

Madina Toliboyeva - “Genesis Education” maktabi oʻquvchisi;

Kumush

Temur Hasanov - “Sehriyo” maktabi oʻquvchisi;

Izzatilla Adilov - “Isteʼdodli kelajak yoshlari” maktabi oʻquvchisi;

Bronza

Soliha Abdurasulova - “Isteʼdodli kelajak yoshlari” maktabi oʻquvchisi;

Bunyod Daminov - 103-sonli maktab oʻquvchisi;

Samira Xodjabayeva - “Genesis Education” maktabi oʻquvchisi;

Anna Dju - “Genesis Education” maktabi oʻquvchisi;

Ruslan Teplyakov - “Bek Kichkintoy” bogʻchasi tarbiyalanuvchisi.

Bundan tashqari, “Genesis Education” maktabi oʻquvchisi Madina Toliboyeva “Oʻzbekistonning eng yaxshi ishtirokchisi” sertifikatini qoʻlga kiritgan va Tokioga yoʻllanma olgan.

Поделиться