O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turistik biznes vakillarini Qozondagi promo-tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz
2019-09-05 | Turizm
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsulligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonga sayohat qil” promo-tadbirini oʻtkazadi.
2019-yilning 13-sentyabrida boʻlib oʻtadigan tadbir Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston va Tatariston turoperatorlari ishtirokidagi promo-tadbir doirasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotlari hamda ikki davlat biznes doiralari vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlarni oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekistonning turistik biznes vakillarini mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaydi.
Batafsil maʼlumot uchun quyidagi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling: +99899 8528822 (Aziz)