O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yeshinori Fudjiyamu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2019-09-04 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 2-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yeshinori Fudjiyamu bilan uchrashdi, uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni faollashtirish masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlandiki, hozirgi vaqtda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish uchun, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va tovar aylanmasi hajmini ikki mamlakat bozorlarida talab qilinadigan tovar pozitsiyalari nuqtai nazaridan hisobga olgan holda, foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlash uchun zamin yaratadi.
Muloqot davomida taniqli xalqaro ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilgan holda respublikaning ayrim tarmoqlarining mavjud potentsiali va Yaponiya kompaniyalarining manfaatlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatning real holatidan kelib chiqib istiqbolli loyiha takliflarini tayyorlashga mutlaqo yangi tizimli yondashuvni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Yaponiya tomoni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan yaqindan va doimiy hamkorlikda aniq taklif va tashabbuslarni birgalikda tahlil qilish va ilgari surishga, shuningdek, O‘zbekistonning tegishli vazirliklari va tarmoq idoralari o‘rtasida yaponiyalik ishbilarmonlar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.