O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Diqqat, bolalar!” tadbiri: Maqsad bolalar ishtirokidagi yo’l-transport hodisalarining oldini olish

2019-09-04 | Jamiyat

Yangi o’quv yili boshlanishi munosabati  bilan bugundan boshlab, mamlakatimizning barcha hududlarida “Diqqat, bolalar!” tadbiri boshlandi. Ushbu tadbir O’zbekiston Respublikasi IIV Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 10 kun davomida o’tkaziladi. Bunda asosiy e’tibor umumiy o’rta ta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, akademik litsey va kollejlar atrofidagi yo’llarga berilib, bu joylarga Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirilgan.

Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, avtomobil haydovchilari oddiy yo’l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari, ya’ni yo’lda mobil telefonda gaplashish, mast holda avtomobil boshqarish, svetofor ishorasiga rioya qilmaslik, tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, piyodalar o’tish joylarida piyodalarga yo’l bermasliklari oqibatida ayanchli yo’l-transport hodisalari yuz bermoqda.

Hurmatli, haydovchilar! Yo’l harakati qoidalariga rioya qilgan holda, piyodalar o’tish joylariga yaqinlashganda avtomobil tezligini pasaytirib, yo’lni kesib o’tayotgan piyodalarga yo’l bering. Bolalar gavjum joylar atrofidagi yo’llarda avtomobilda harakatlanayotganizda hushyorlikni oshiring. Yo’llaringiz bexatar bo’lsin!

Поделиться