O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktablarda yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Xalq taʼlimi vazirligining pedagog, oʻquvchi va ularning ota-onalariga TABRIGI

2019-09-04 | Ta’lim

Qadrli oʻqituvchi va murabbiylar, aziz oʻquvchilar,

hurmatli ota-onalar!

Mana, yana bir yangi oʻquv yili ostonasida turibmiz. Fursatdan foydalanib, barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda “Bilimlar kuni” bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maktablardagi taʼlim-tarbiya sifati, oʻqituvchining jamiyatdagi obroʻ-eʼtibori, ustozlarga hurmat-ehtiromni oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Yaqin tariximizda Prezident rahbarligida bunday yigʻilish ilk bor oʻtkazildi. Prezidentimiz oʻqituvchilarning jamiyatdagi obroʻsini oshirish borasida juda koʻplab ishlar qilinishi, bu borada ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash muhimligi, lekin bu kasbning mavqeini faqat oʻqituvchining oʻzi fidokorona mehnati, oʻz ustida tinimsiz ishlashi, boshqalarga oʻrnak boʻlishi bilan oshira olishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Prezident oʻqituvchilarni vazir va hokimlardan tortib, ota-onalargacha“Siz”lab, ularning shaʼnini koʻtarishi, tom maʼnoda pedagoglarni kelajak bunyodkorlari, deb ulugʻlaydigan muhit yaratilishi kerakligini taʼkidladi. Shunday ekan, barchamiz oʻz faoliyatimizda buni amalga oshirishimiz zarur.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Yangi oʻquv yili arafasida xalq taʼlimi tizimida ulkan oʻzgarishlar amalga oshirildi.

- 213 ta yangi maktab barpo etilib, ularning soni 9904 taga yetdi.

- Faoliyati tugatilgan 383 ta kasb-hunar kollejlar oʻrnida

154 ta yangi maktab tashkil etildi. 229 tasi oʻquvchi soni koʻp boʻlgan maktablarga qoʻshimcha bino sifatida berildi.

- Natijada 224 mingdan ortiq qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratildi.

- Joriy yilda 937 ta maktabda investitsiya va boshqa davlat dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, buning uchun 2.86 trln soʻm mablagʻ sarflandi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga (1.47 trln) nisbatan qariyb ikki baravarga koʻp demakdir. Shuning oʻzi maktablarga qanchalik yuksak eʼtibor berilayotganligidan dalolat boʻla oladi.

- Yangi oʻquv yilida maktablarda jami 6,2 mln. nafar oʻquvchi tahsil oladi. Shundan 620 ming nafardan ortigʻini bugun ilk bor maktab ostonasiga qadam qoʻygan jajji 1-sinf oʻquvchilari tashkil etadi.

Aziz oʻquvchilar!

Siz uchun bu yil tayyorlangan “Prezident sovgʻasi” har yilgidan ham chiroyli, sifatli va qulay tayyorlandi. Ayniqsa, papka, uning ichidagi oʻquv qurollarining rang-barangligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, 2019-2020 oʻquv yilida Siz uchun 1-, 3-, 8-, 9-sinflarga 479 nomda jami 36,5 mln. nusxa darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar yangicha koʻrinishda, zamonaviy dizayn asosida tayyorlandi.

Darsliklarni tayyorlashda uning mazmuni va sifatiga alohida eʼtibor qaratildi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning mazmuniga xalqaro baholash dasturi PISA, TIMSS talablari singdirildi.Mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan taʼlimiy oʻyin, mashq, masala va topshiriqlarga urgʻu berildi. 8-sinflar uchun Geografiya, Texnologiya hamda Oʻzbekiston davlati va huquqi asoslari darsliklarida QR-kod yordamida qoʻshimcha maʼlumot olish imkoniyati yaratildi. 8-9-sinf Tarix darsliklari xaritalar bilan boyitildi.

Qadrli oʻqituvchilar!

Yangi oʻquv yilida barchamiz“Taʼlimda islohotlar: oʻzgarishni oʻzimizdan boshlaylik” shiori ostida hamjihat boʻlib, jondan aziz farzandlarimizning taʼlimi va tarbiyasida ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishimiz zarur. Zero, Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Maktab oʻzgarsa, jamiyat oʻzgaradi”. Buning uchun Siz fidoyi oʻqituvchilar bor kuch va bilimingizni oʻquvchilarga puxta bilim berishga harakat qilasiz, deb ishonch bildiramiz.

Hurmatli ota-onalar!

Taniqli maʼrifatparvar Abdulla Avloniy aytganidek,“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”. Ushbu soʻz bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganini, naqadar haqiqat ekanini yaxshi anglaymiz. Fursatdan foydalanib, farzand tarbiyasida oʻz masʼuliyatingizni yanada oshirib, maktab bilan uzviy hamkorlik qilishga chaqiramiz.

Aziz oʻquvchilar!

Maktab yillari har bir oʻquvchining hayotida unutilmas va ortga qaytmas kunlar hisoblanib, mashaqqat bilan egallagan bilimingiz ertangi yorugʻ kelajagingiz asosi boʻladi. Maktabda oʻtgan har bir kuningizdan unumli foydalansangiz, sizni ertangi baxtli kunlar kutadi. Ilm olish, ota-ona va ustozlaringiz yuzini yorugʻ qilish uchun bugun hammangizda imkon bor. Kelgusida bilimingizni yanada mustahkamlab, milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari intilayotgan Vatanimiz rivoji uchun oʻz hissangizni qoʻshishingizga ishonamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, oʻqishlaringizda kattadan-katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Поделиться