O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining ilk xorijiy filiali ochildi

2019-09-04 | Ta’lim

Toshkentda Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining ilk xorijiy filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov mamlakatimizda Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universiteti filialining ochilishi sohada yetuk mutaxassislar tayyorlash va kelgusida ilmiy izlanishlar olib borishga xizmat qilishiga ishonch bildirib, talabalarning o‘qishiga omad tiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, hukumat a’zolari, senator va deputatlar, vazirlik, jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbariyati hamda “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Toshkentdagi Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining ilk xorijiy filialida asosan yadro energetikasi va issiqlik fizikasi, shuningdek, yadro fizikasi bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar sohasida yuksak malakali muhandis-kadrlar tayyorlanadi.

- Dunyoda atom energiyasi bo‘yicha eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadigan ushbu ta’lim dargohi ilk filialining Toshkentda ochilishini mutlaqo adolatli deb hisoblayman, chunki O‘zbekistonda dastlabki atom elektr stantsiyasining qurilishi biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Biz birgalikda nafaqat keraklicha xodimlarni tayyorlashimiz, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yadro texnologiyalari bo‘yicha atom ob'yektlarini ularning butun ekspluatatsiyasi davomida malakali mutaxassislar bilan ta’minlay oladigan yaxlit ta’lim tizimini yaratishimiz ham lozim. Har yili dunyodan yuzlab talabalarni qabul qiluvchi Moskva muhandislik fizika instituti - shubhasiz, mamlakatning yangi ta’lim tizimi o‘zagini shakllantirishga xizmat qiladi, deb o‘ylayman, - dedi Aleksey Lixachyov.

Toshkentda Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining ilk xorijiy filialining ochilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanayotganining yaqqol dalilidir. Bu yerda talabalar eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim oladilar. Ushbu ta’lim muassasasi nafaqat Rossiya, ayni damda xalqaro darajada ham yuksak e’tirofga sazovor o‘quv muassasalaridan sanaladi. Filialning barcha bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijda birdek tan olinadigan diplom oladilar hamda mamlakatimizning atom tarmog‘idagi korxonalarida ish bilan ta’minlanadilar.

O‘quv jarayoniga o‘zbek mutaxassislari qatorida Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bo‘yicha ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

Filialga fizika, matematika va rus tilidan imtihon natijalariga ko‘ra, 100 nafar abituriyent davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

- Ushbu oliygohda o‘qish baxti nasib etganidan xursandman, - dedi talaba Ahror Hasanov. - Barcha imtihonlarni a’lo baholarga topshirib, yadro fizikasi va texnologiyasi fakultetiga o‘qishga qabul qilindim. Filialda barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda 11 ta laboratoriya, talaba va o‘qituvchilar uchun sport majmuasi va kutubxona mavjud. Biz filial talabalari Rossiya ta’lim standartlariga muvofiq yadro energetikasi va yadro texnologiyasi sohasidagi muhandislik mutaxassisliklarini o‘rganamiz.

Toshkentdagi Moskva muhandislik fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining ilk xorijiy filiali Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlarining O‘zbekistonda ilk AES inshooti loyihasini amalga oshirish doirasidagi kelishuvi bo‘yicha tashkil etildi.

Поделиться