O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi BSOA Ijroiya Kengashining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi

2019-09-04 | Saylov

2019-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi MSK raisi o‘rinbosari M.Istamov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Bangalor shahrida bo‘lib o‘tgan BSOA Ijroiya kengashining navbatdan tashqari majlisi ishida qatnashdi.

Ijroiya kengashi Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan siyosiy qarorlar ijrosi nazorati hamda BSOA kotibiyati qoida va nizomlarini tasdiqlovchi organ hisoblanadi. O‘zbekiston MSK 2017-yildan buyon kengash a’zosidir.

Tadbirda Ijroiya kengashining 16 a’zosidan 25 nafardan ortiq vakil, shuningdek, assotsiatsiyaning (Koreya Respublikasining milliy saylov komissiyasi, JAR saylov komissiyasi) 2 a’zosidan 4 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Yig‘ilish kun tartibi doirasida BSOA raisining yangi o‘rinbosarini, bosh kotibini, nazorat va audit, tashkilot daromad manbalarini diversifikatsiyalash qo‘mitalari a’zolarini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash a’zolari bir qator davlatlar saylov organlari tomonidan assotsiatsiyaga a’zo bo‘lish uchun berilgan yangi arizalarga alohida e’tibor qaratishdi. Hindiston saylov komissiyasi Nyu-Dehlida BSOAning hududiy bo‘linmasini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Mazkur bo‘linmaning saylov tashkilotchilarini o‘qitish markazi sifatida faoliyat yuritishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi vakillari BSOAning navbatdan tashqari yig‘ilishidagi ishtiroki doirasida BSOA bosh kotibi Kim Yon Xi, Ruminiya Doimiy saylov organi raisi Ion Minku Radulesu, Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasi raisi Sun Il Kvon bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikning bir qator, xususan, mazkur tashkilot doirasidagi masalalari muhokama etildi.

O‘zbekiston tomonidan bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorgarlik haqida ma’lumot berilib, chet el saylov organlari va xalqaro tashkilotlar vakillarini xalqaro kuzatuvchilar sifatida taklif etilishi ko‘zda tutilayotgani bildirildi.

Поделиться