O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublikamizda ilk bor sintez qilingan kimyoviy meliorant — “Biosolvent” preparati ijobiy natijalar ko’rsatmoqda

2019-08-30 | Texnologiyalar

Innovatsion rivojlanish vazirligi O’zR FА Bioorganik kimyo institutida yaratilgan sho’rlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlarni samarali yuvuvchi “Biosolvent” preparatini tijoratlashtirishni yo’lga qo’ymoqda. Bioorganik kimyo instituti qoshida OOO “Innovatsion biotexnologiyalar” korxonasi tashkil qilingan bo’lib, hozirda “Biosolvent” preparatini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

“Biosolvent” preparatidan Sirdaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent, Jizzax, Farg’ona Namangan va Qoraqalpog’iston Respublikasida sho’rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda foydalanildi va samarali natijalarga erishildi. Shuningdek, Xorazm viloyati Bog’ot tumanidagi “Dilshod” fermer xo’jaligida olib borilgan fenologik kuzatuvlar preparatning samarasini yaqqol namoyon etdi.

Ta'kidlash joizki, 2018 yil 26—27 may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo’lib o’tgan tuz bo’roni oqibatida yuzaga kelgan tuzlarni yuvishda “Biosolvent” preparatidan foydalanilgan. Natijada, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo’lib o’tgan “Tuz bo’roni” oqibati bartaraf etish ijobiy natijaga erishilgan.

Qishloq xo’jaligida yer fondidan oqilona foydalanish, sug’oriladigan har bir gektar maydonning hosildorligini, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog’liq muammolar yechimini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Bu borada tuproq unumdorligini oshirish va saqlash, meliorativ tuproqshunoslik mutaxassislari zimmasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Respublikamizda hozirgi kunda sho’rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni yuvishda suv sarfini kamaytirish maqsadida kimyoviy kompozitsiyalar qo’llash bo’yicha innovatsion yutuqlardan foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda. Sho’rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni samarali yuvuvchi, ion almashinish xususiyatiga ega ionogen polimerlarni sintez qilish, bioparchalanuvchi preparatlar yaratish, ularning tuproq strukturasiga ta'sirini o’rganish, qo’llash usullarini ishlab chiqish va qishloq xo’jaligi amaliyotiga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan tuproqlarning 60-65 foizi turli darajada sho’rlangan bo’lib, bu o’z-o’zidan madaniy ekinlar hosildorligining kamayishiga olib kelmoqda. Sho’rlangan tuproqlar deb, tarkibida suvda oson eriydigan tuzlarni umumiy miqdori 0,3% dan katta va madaniy o’simliklarning o’sib rivojlanishi uchun xalaqit beradigan yoki o’stirmaydigan tuproqlarga aytiladi. Bu esa o’simliklarning, ayniqsa, texnik ekinlarining hosildorligi sho’rlangan tuproqlarda keskin pasayishiga olib keladi. Shu kungacha Respublikamizda sho’r yuvishning an'anaviy usullaridan foydalanib kelingan bo’lib, ushbu mavjud agrotexnologik melioratsion chora-tadbirlar (an'anaviy sho’r yuvish) sezilarli darajada ko’p miqdorda suv sarfini talab qiladi. Sho’rlanish darajasi yuqori bo’lgan tuproq qatlamida ushbu uslublar kutilgan samarani bermaydi. Shunga ko’ra qishloq xo’jaligida sug’oriladigan ekin maydonlarining agromeliorativ holatini yaxshilash maqsadida kimyoviy melioratsiya uslublarini takomillashtirish, samarali preparatlar yaratish muhim ahamiyatga ega.

Sho’rlangan tuproq tarkibidagi tuzlarni samarali yuvish xususiyatiga ega bo’lgan kompozitsiyalar ishlab chiqish borasida bir qancha amaliy ishlar olib borildi va Respublikamizda ilk marotaba sintez qilingan gomopolimer va sopolimerlar asosida kimyoviy meliorant — polimer kompozitsiya “Biosolvent” yaratilib, O’zbekiston sharoitida birinchi marotaba sho’rlangan tuproqlarni kimyoviy melioratsiyasi tizimiga yangi usul – “Biosolvent” polimer kompozitsiyasi yordamida yuvish kiritildi. Jumladan, “Biosolvent” polimer kompozitsiyasining Respublika hududidagi turli darajada sho’rlangan tuproqlar fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga ta'siri laboratoriya va dala sharoitida isbotlandi. “Biosolvent” kompozitsiyasining samaradorligi qiyin eruvchan tuzlar umumiy miqdori nazoratga nisbatan 35-40 % gacha yuvilishi hamda tuproq g’ovakliligining 20-30 % ga ortishi bilan izohlanadi.

Fenologik tadqiqotlarda “Biosolvent” kompozitsiyasi ta'sirida nazoratga nisbatan g’o’zaning o’sishi 1,2 marta (20%), normal rivojlangan g’o’za ko’chatlarining soni 1,44 marta, hosildorligi 7-9 ts/ga gacha ortishi, shuningdek tuproq mikroflorasi, mikroorganizmlarning son dinamikasini o’zgartirmasdan, nitrifikatorlar sonining ortishiga olib keladi.

“Biosolvent” kompozitsiyasi sho’rlangan tuproqlarni yuvishda tuproqning sho’rlanish darajasiga qarab gektariga 5-10 litrdan qo’llash tavsiya etildi.

Поделиться