O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari A.Gruzdev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-08-30 | Iqtisodiyot

Jizzax viloyatining II Xalqaro investitsiya forumi maydonida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari A.Gruzdev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishini baholab, tomonlar, ayniqsa so‘nggi yillarda dinamikasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlararo sheriklikning strategik mohiyatini ta’kidladilar.

Muzokaralar chog‘ida savdo va investitsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Rossiya kapitali ishtirokidagi qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish va mashinasozlik, kimyo, to‘qimachilik, elektrotexnika sanoatining texnologik mahsulotlarini va ikki mamlakat bozorlarida talabi yuqori bo‘lgan boshqa tovarlarni o‘zaro yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish istiqboliga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini O‘zbekistonda joylashtirishga yo‘naltirilgan aniq investitsiya loyihalari, shuningdek respublikada faoliyat yuritayotgan rossiyalik investorlarning savollari ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha samarali yechimlar ishlab chiqilgan.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda tizimli yondashuv joriy etish zarurligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tizimli ishlarni doimiy ravishda birgalikda tashkil etish orqali hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Поделиться