O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qurolli Kuchlar davlat muzeyida “Eng ulug‘, eng aziz!” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
2019-08-30 | Jamiyat
Qurolli Kuchlar davlat muzeyida mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Eng ulug‘, eng aziz!” respublika miqyosidagi an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan fotoko‘rgazmaning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qurolli Kuchlar davlat muzeyi xodimlari, faxriylar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Fotoko‘rgazmaga 15 dan ortiq ishtirokchi, 70 dan ziyod ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Havaskorlik yo‘nalishida 1-o‘rinni leytenant Bekzod Normurodov, 2-o‘rinni mayor Norifo‘ja G‘aybullayev, 3-o‘rinni Qurolli Kuchlar xizmatchisi Saodat Musabekova egalladi.
Tanlovning professional yo‘nalishida 1-o‘rinni, Yelena Volodina, 2-o‘rinni Gayane Avanesyan, 3-o‘rinni Qurolli Kuchlar xizmatchisi Gulnora Mamedova egalladi.
Tanlov g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan ko‘y-qo‘shiqlar barchaga ko‘taringki kayfiyat baxsh etdi.