O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyatida II xalqaro investitsion forum ish boshladi
2019-08-30 | Iqtisodiyot
29-avgust kuni Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida II xalqaro investitsion forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati xokimligi investitsiya va tashqi sado vazirligi ko‘magida tashkillashtirilgan forumda dunyoning 30 ta mamlakatidan 250 nafardan ziyod keng doiradagi xorijiy ishbilarmonlar, investorlar va xalqaro maslahatchilari qatnashmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi hukumatining a’zolari, xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalari, diplomatik korpuslari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etayotir.
Xalqaro forumda ishbilarmonlar va sarmoyadorlar o‘rtasida turli formatdagi uchrashuvlar, fikr almashinuvlar, Jizzax viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Forum doirasida o‘tkaziladigan bu tadbirlar investitsiya kiritishga, qo‘shma korxonalar tashkil etishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishga, uzoq muddatli va samarali hamkorlikka o‘rnatishga zamin yaratadi.
Forum ochilish marosimida Jizzax viloyati xokimi E Soliev, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov, Rossiya Federatsiyasi Sanoat va sado vaziri o‘rinbosari A. V. Gudzev so‘zga chiqdi.
T.BEKNAZAROV, O‘zA