O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Velosportchilarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi

2019-08-30 | Sport

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida A.Safonov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘p kunlik velopoygada terma jamoamiz a’zolari munosib ishtirok etdi.

Mazkur musobaqaning yakuniy beshinchi bosqichi yakkalik poygalarida hamyurtimiz M.Xolmurodov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Shuningdek, ushbu bosqichda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida ikkinchi pog‘onadan o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, M.Xolmurodov ayni kunlarda Prezidentimizning “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Olimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

U endi 9-11sentabr kunlari Hindistonda velotrek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo kubogida va 22-29 sentabr kunlari Buyuk Britaniyada veloshosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Mazkur musobaqalar sportchimizga Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarni taqdim etadi.

 

Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA

Поделиться