O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻlishi uchun ovoz bering
2019-08-29 | Turizm
Armaniston, Tayvan, Ummon, Ruminiya hamda Oʻzbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.
National Geographic jurnaliʻning Rossiyadagi versiyasiga koʻra, joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya boʻyicha saralanmoqda. Mazkur mukofotni qoʻlga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega.
“Yil kashfiyoti” nominatsiyasida Oʻzbekiston hozircha 22 foiz ovoz olib, 43 foiz ovozga ega Armanistondan keyin ikkinchi oʻrinda kelmoqda. Uchinchi oʻrinda 17 foiz ovoz bilan Ruminiya mamlakati qayd etilgan. Toʻrtinchi va beshinchi pogʻonalarni 9 foiz ovoz bilan Tayvan hamda Ummon egallamoqda.
Taʼkidlash joizki, “National Geographic Traveler Awards”ning oʻtgan yilgi tanlovida Oʻzbekiston “Gastronomik turizm” yoʻnalishida gʻolib sifatida eʼtirof etilgan edi.
Bu yilgi ovoz berish jarayoni 12-oktyabrga qadar davom etadi. Oʻzbekiston turizmining jahon sahnida yuksalishiga oʻz hissangizni qoʻshing va uning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida gʻolib boʻlishi uchun quyidagi havola orqali ovoz bering.