O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vazirligi vakillari Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi
2019-08-29 | Iqtisodiyot
Shu kunlarda Adliya vazirligi vakillari Xitoy Xalq Respublikasida (XXR) "Rivojlanayotgan davlatlar uchun etnik siyosat" mavzusidagi seminarda ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar, XXR Savdo vazirligi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad do‘stona aloqalarni mustahkamlash va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va hamkorlikni rivojlantirish uchun platformalar yaratishdan iboratdir.
Ushbu tadbir davomida vazirlik xodimi tomonidan, O‘zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq islohati, turizm salohiyati va O‘zbekistondagi investitsion muhit haqida 15ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari va tashkilotchilari uchun taqdimot namoyish qilindi. O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, ayniqsa investitsiya sohasidagi qilinayotgan sa’y harakatlar ko‘pchilikning qiziqishini uyg‘otdi.