O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki vakillari bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2019-08-29 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki vakillari bilan xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish va respublikada ushbu sohaning barcha jihatlarini tartibga soluvchi yagona to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish qonunini ishlab chiqishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama davomida ishchi guruhlarni tashkil etish tashabbusi bildirildi va qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu tashabbusga binoan birinchi guruh O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonini boshqarish doirasida qonunchilik, tartibga soluvchi va institutsional asoslarni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi, ikkinchisi esa davlat korxonalaridagi korporativ boshqaruvning qonunchilik va institutsional asoslarini takomillashtirishga javob beradi.

Ushbu muzokaralar natijasida xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni YeTTB bilan birgalikda amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi va har bir ishchi guruhi uchun mavzuiy harakatlar rejasi tuzildi.

Поделиться