O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yunesko Bosh direktori Buxoroda boʻldi

2019-08-28 | Madaniyat

YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Buxoro shahrida umumbashariy qiymatga ega turli davrlarga mansub 300 dan ortiq meʼmoriy yodgorlik joylashgan.

Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim 27-avgust kuni Buxoro shahriga tashrif buyurib, ushbu osori-atiqalar bilan tanishdi.

Nufuzli tashkilot rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev hamrohligida koʻhna Ark qalʼasini tomosha qildi. Bu yerda joylashgan Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasidagi xalqimizning boy tarixidan guvohlik beruvchi eksponatlar yuqori martabali mehmonda katta qiziqish uygʻotdi.

Odri Azule xonim Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi va Masjidi Kalon yodgorliklarini oʻz ichiga olgan Poyi Kalon majmuasi hamda Mirzo Ulugʻbek madrasasini ham tomosha qildi.

Qadimiy Buxoro hunarmandligi bilan ham jahonga mashhur. YUNESKO Bosh direktori shaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishuv chogʻida hunarmandlik namunalariga katta qiziqish bildirdi.

Buxoro azaldan sharif shahar, diniy bagʻrikenglik qaror topgan kent sifatida ham ulugʻlanadi. Bugungi kunda viloyatda 10 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat yuritmoqda. YUNESKO Bosh direktori 400-yillik tarixga ega yahudiylar sinagogasiga tashrif buyurdi. Yahudiylarning eʼtiqod qilishi va diniy amallarni ado etishi uchun barcha sharoit yaratilgani mehmonda katta taassurot qoldirdi.

 

Erkin YODGOROV, OʻzA

Поделиться