O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapur kompaniyalari O‘zbekiston ta’lim tizimiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

2019-08-27 | Ta’lim

Singapurning Kinder World International Group kompaniyasi Toshkent shahrida xalqaro maktab qurishni rejalashtirmoqda, Pegasus Education Group Pte. Ltd. kompaniyasi esa Singapore Education Metropolis ta’lim shaharchasini yaratish niyatida.

Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi hamda Singapurning Kinder World International Group kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat doirasida poytaxtimizda maktabgacha ta’lim muassasasi va umumta’lim maktabi bo‘lgan xalqaro maktab tashkil etiladi.

Loyiha doirasida Toshkentda 5 gektar yer maydoni ajratiladi va unda 2 000 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv maskani bunyod etiladi.
Memorandum doirasida uzluksiz ta’lim taklif etadigan Singapore Education Metropolis ta’lim shahri yaratiladi. Shahar 50 gektar maydonda bunyod etiladi.

Mazkur loyihalar doirasida o‘quv muassasalarida Singapur ta’lim tizimini faol joriy etilishi nazarda tutiladi.

Поделиться