O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan maktablarda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

2019-08-27 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan selektor majlisida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbaev tomonidan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidagi maktablardagi o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, yangi o‘quv yili va xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ishlarining holatini o‘rganildi.

 

Ma’lumki, bugungi kunda jamiyatda o‘qituvchi qadr qimmati va obro‘sini oshirish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilmoqda.  Shu bilan birga, 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan PISA xalqaro tadqiqotlarga o‘qituvchilarning tayyorgarligi bo‘yicha ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Termiz shahrida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur o‘quv seminarida viloyat xalq ta’limi tizimidagi pedagoglar bilan birgalikda oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Hususan, Termiz davlat universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan kelgan professor-o‘qituvchilar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish va unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan seminar ishtirokchilariga tushuntirish berib o‘tdilar.

Shu bilan birga, Inspeksiya boshlig‘i tomonidan Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 10-sonli, Xovos tumanidagi 9 va 21-sonli maktablarining faoliyati o‘rganildi. Hozirda Sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 29 ta umumta’lim maktablarida yangidan qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. U.Tashkenbaevning amaliy ko‘magi bilan Xovos tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabning o‘quv binosi va uning tom qismini mukammal ta’mirlash bo‘yicha mahalliy byudjet mablag‘laridan qo‘shimcha mablag‘lar ajratib berilishiga kelishib olindi.

Bundan tashqari Guliston shahridagi 10-sonli hamda Xovos tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kimyo, biologiya, fizika laboratoriya jixozlari hamda multimediya vositalarining yetarli ta’minlashini bo‘yicha takliflar qabul qilindi. Shuningdek, 2021-yilda xalqaro tadqiqotlarida tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bir qator takliflar, jumladan, o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlarini sifatli va tushunarli tarzda o‘tkazish hamda mahorat darslarini bundan kuchaytirish  bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlash, darslarning sifatini oshirish, nazariy darslarni amaliyotga bog‘lash, sinfdan tashqari to‘garaklarning ahvolini kuchaytirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab olindi.

Поделиться