O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda energiya tejashni rag‘batlantiruvchi yangi omillar joriy etilmoqda

2019-08-27 | Texnologiyalar

O‘zbekistonda uylarda quyosh foto elektrikstantsiyalari o‘rnatilganda qurilmalarni sotib olishxarajatlarining uchdan bir qismi miqdoridakompensatsiya to‘lab beriladi.

Bu va boshqa chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

Jumladan, jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stantsiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq quyosh fotoelektrik stantsiyalari uchun - 3 million so‘mdan, quyosh suv isitkichlar uchun - 1,5 million so‘mdan, gaz-gorelkali qurilmalar uchun - 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va preferentsiyalar ko‘zda tutilgan. Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt vaundan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan, ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan, yashash uchun mo‘ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, ilgari qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar o‘rnatilgan:

davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;

bundan tashqari, yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish joriy etiladi.

Yuqoridagi kabi chora-tadbirlarga qaramasdan, energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha korxonalari va tashkilotlarining ishi qoniqarsiz holda qolmoqda.

Shu boisdan qaror bilan 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kompleks dasturi tasdiqlandi.

Kompleks dasturga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 2030 yilga borib elektrenergiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish belgilab berilgan.

Issiq suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun zamonaviy quyosh fotoelektrik stantsiyalari va quyosh suv isitkichlarini (markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlariga ulangan ob'yektlar bundan mustasno), shuningdek, energiya tejamkor, shu jumladan, bivalent isitish tizimlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish, xususan, zamonaviy issiqlik nasoslari va rekuperatorlarini joriy etish rejalashtirilgan.

Shuningdek:

binolarning issiqlik himoya tizimini yaxshilash, ikki kamerali va energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, shuningdek, havo rekuperatorlari va boshqa tizimlarni o‘rnatish;

xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stantsiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatish;

maishiy iste’molchilarning hamda yuridik shaxslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish chora-tadbirlari rejalashtirilgan.

Qarorda ko‘rsatib o‘tildiki, yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish va qurishda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligi ta’minlanadi.

Loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishdaqurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘limini taqdim etish majburiy tartibda nazarda tutiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari o‘z balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni majburiy tartibda o‘rnatadilar.

Mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik ko‘rsatkichlarini belgilash ularni O‘zbekiston Respublikasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.

Mamlakatimizdagi mahalliy korxonalarda energetika menejmentini boshqarish tizimini xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq 2019 yil 1 dekabrdan 2023 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. Bunda energiya iste’moli samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi, korxonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni kamaytirishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Поделиться