O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyati ko‘g‘irchoq teatri “Xavfsiz turizmni ta’minlash” to‘g‘risidagi rolik jarayonida

2019-08-27 | Turizm

O‘zbekistonimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy shaharlariga bo‘lgan qiziqishning ortishi, xorijiy sayyohlar oqimining kun sayin ko‘payishi munosabati bilan yangidan-yangi samarali loyihalarga qo‘l urilmoqda.

Joriy yilning 26-avgust kuni Xorazm viloyati ko‘g‘irchoq teatri ijodkorlari "O‘zbekiston 24" va "Yoshlar telekanali" bilan birgalikda hamkor tashkilotlar ko‘magida "Xavfsiz turizmni ta’minlash" to‘g‘risida rolik tayyorlash jarayonida faol ishtirok etishdi. Qadimiy Xiva shahrining tarixiy markazi "Ichan qal’a"da o‘tkazilgan ushbu tadbir, respublikamiz, jumladan, Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga yana bir xissa bo‘lib qo‘shiladi.

Respublikamizda turizm rivoji va xavfsizligini butun dunyoga namoyish etish maqsadida suratga olingan rolikni tayyorlash jarayonlarida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi milliy qo‘g‘irchoqlarni namoyish qilgan holda, nodir hunarmandchilik namunasi - dekorativ aravalarda xudud bo‘ylab harakatlanib, ushbu ijodiy loyixada faol qatnashishdi.

Bunday xayrli tadbirlarda ishtirok etib, ko‘zlangan maqsadlarning ro‘yobga chiqishiga o‘z xissalarini qo‘shish teatr jamoasi uchun hamisha ijodiy ilhom bag‘ishlaydi.

Поделиться