O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

2019-08-26 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 12-sentabr kuni Cbonds kompaniyalari guruhi poytaxtimizda kapital masalalarga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazadi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Toshkent” Respublika fond birjasi, “Gazprombank” AJ, Amerikaning Fitch Ratings korporatsiyasi, “InFinBank” banki, Silk Capital i Portfolio Investments kompaniyasi, “Kapital-Depozit” MChJ, Tahliliy kredit reyting agentligi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Islom taraqqiyoti banki, S&P Global Ratings kompaniyasi, “AK BARS” AJ ushbu tadbirda ishtirok etish istagini bildirganlar.
 
Tadbir davomida qatnashchilar mamlakatimiz qonunchiligida kapital bozorini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ilk yevrobondlarning chiqarilishi, yangilangan ichki obligatsiyalarning chiqarilishi hamda kelgusi bitimlarga doir kelishuvlarni muhokama qiladilar, mahalliy bozor imkoniyatlari va xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganadilar.
 
Roman BONDARChUK, O‘zA

Поделиться