O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Senat yalpi majlisining birinchi ish kuni yakuniga yetdi
2019-08-23 | Siyosat
Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni nihoyasiga yetdi.
Senat raisi T.Norboeva boshqargan majlisning birinchi ish kunida 5 ta masala ko‘rib chiqildi.
Majlis kun tartibiga kiritilgan 16 ta qonundan to‘rttasi, ya’ni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqildi.
Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng mazkur qonunlarning uchtasi senatorlar tomonidan ma’qullandi. Ona suti bilan oziqlantirishga oid qonunni ma’qullash esa rad etildi
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.
Ushbu masala yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’ruza qildi.
Mazkur ma’ruza bo‘yicha senatorlar mutasaddilarga ko‘plab savollar berdi. Ma’ruza chuqur va har taraflama tahlil etildi. Vazirlar Mahkamasiga investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya etildi.