O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh vazir o‘rinbosari: 172 ming 488 ta ish o‘rni tashkil etilishi kerak edi, biroq bu raqam bor-yo‘g‘i 38 ming 252 tani tashkil etdi

2019-08-23 | Siyosat

Bir-biriga zid bo‘layotgan normalar mavjudligi xorijiy sarmoyadorlar va ichki investorlarga salbiy ta’sir qilmoqda;

Investitsiyaviy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun kreditlar olish jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda;

172 ming 488 ta ish o‘rni tashkil etilishi kerak edi, biroq bu raqam bor-yo‘g‘i 38 ming 252 ish o‘rni yaratilgan...

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019 yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.

Ushbu masala yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’ruza qildi.

Qayd etilganidek, joriy yilning birinchi yarim yilligida Dasturning 139 bandi ijrosini ta’minlash belgilangan. Shundan 101 bandning ijrosi ta’minlangan va 22 band muddatidan oldin bajarildi.

Investitsiyaviy muhitni takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli amaliy ishlarga qaramay hududlarda investitsiyaviy faoliyatni yaxshilash borasida jiddiy kamchilik va muammolar mavjud.

Jumladan, qonun hujjatlarining barqaror emasligi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tez-tez o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi, bir-biriga zid bo‘layotgan normalar mavjudligi xorijiy sarmoyadorlar va ichki investorlarga salbiy ta’sir qilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Investitsiyaviy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar uchun kreditlar olish jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklarida resurslarning yetishmasligi, foiz stavkalarining yuqoriligi, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siqlar mavjudligi, o‘z navbatida, tadbirkorlarning eksport majburiyatlarini bajarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Oqibatda joriy yilning birinchi yarim yilligida Dasturda ko‘zda tutilgan investitsiyaviy loyihalar soni 9 ming 88 ta bo‘lib, ularning umumiy qiymati 60,3 trillion so‘mni tashkil etadi, yaratilishi ko‘zda tutilgan ish o‘rinlari esa 172 ming 488 ta edi. Biroq, birinchi yarim yillikda jami 3 ming 332 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 13,6 trillion so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, bor-yo‘g‘i 38 ming 252 ish o‘rni yaratilgan.

Senatda Vazirlar Mahkamasiga investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya etildi.

 

Norgul Abduraimova, Temur MADAMINOV (surat), O‘zA

Поделиться