O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yoshlar kutubxonasi“ loyihasi doirasida 12 nomda kitob chop etildi

2019-08-23 | Madaniyat

Toshkentdagi “Kitob olami“ majmuasida “Yoshlar kutubxonasi“ loyihasi doirasida chop etilgan yangi kitoblarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Bu loyiha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Yoshlar ittifoqi tashabbusi hamda Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari koʻmagida amalga oshirildi. “Yoshlar nashriyot uyi” tomonidan “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 47 nomdagi kitob 10 ming nusxadan chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalariga bepul tarqatildi.
 
Ular orasida oʻzbek xalq eposlaridan tortib, klassik adabiyotimizning shoh asarlarigacha bor. Abdulla Qodiriy, Odil Yoqubov, Gʻafur Gʻulom, Pirimqul Qodirov, Oybekning mashhur asarlari bosilib, oʻquvchilar qoʻliga yetib bordi. Shuningdek, Robindranat Thokur, Gyote, Stendal, Ernest Xeminguey, Anton Chexov, Paulo Koelyo, Nodar Dumbadze, Chingiz Aytmatov kabi jahon adabiyoti namoyondalarining sara asarlari ham nashr etildi.
 
Bolalar adabiyotiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbek xalq ertaklari, Anvar Obidjonning “Meshpolvon jangga otlandi”, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib”, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”, Jonatan Sviftning “Gulliverning sarguzashtlari” kabi asarlari ham chop etildi. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari ingliz tilida nashr etildi.
 
“Yoshlar nashriyot uyi” tomonidan yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Nasrulloning “Ikkimizdan qolsin alanga”, Muhammadxon Yusupovning “Kichik hikoyalar”, Jontemirning “Darvesh qoʻshigʻi”, Shuhrat Sattorovning ingliz tiliga tarjimalaridan “Anor” nomli kitoblari, yosh ijodkorlar qalamiga mansub sara asarlardan tuzilgan “Jilgʻalar qoʻshigʻi” nomli toʻplam chop etildi.
 
Mustaqilligimizning 28 yilligi hamda yangi oʻquv yili munosabati bilan “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida yana 12 nomdagi jahon va oʻzbek adabiyotining, jumladan, Choʻlponning “Koʻklam ruhi”, Tohir Malikning “Alvido bolalik”, N.Nosovning “Bilmasvoy va uning doʻstlarining boshidan kechirganlari”, Saʼdiyning “Boʻston”, Chingiz Aytmatovning “Oxirzamon nishonalari”, Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, Xurshid Doʻstmuhammadning “Donishmand Sizif”, Erix Raspening “Baron Myunxauzen sarguzashtlari”, Shayxzodaning “Mirzo Ulugʻbek”, Pushkinning “Shoh Saltan haqida ertak”, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” kabi asarlari 10 ming nusxadan chop etildi.
 
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, taqdimot davomida ilk marotaba nashriyot tomonidan Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskaya qalamiga mansub “Bir yuz bir” nomli asar chop etildi. Mazkur asarda Ikkinchi jahon urushida fashistlarga asir tushgan oʻzbek jangchilarining ayanchli taqdiri, sabr-bardoshi va matonati haqida hikoya qilinadi.
 

Mohigul QOSIMOVA, Otabek MIRSOATOV olgan suratlar, OʻzA

Поделиться