O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiya Elchisi bilan uchrashuv
2019-08-22 | Siyosat
2019-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida Vazir Elchining muvaffaqiyatli faoliyatini yuqori baholadi va uning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, Abdulaziz Kamilov Fransiya Elchixonasi va shaxsan Violen Biyet de Vilmorning O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.
O‘z navbatida, Elchi O‘zbekiston rahbariyati va Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatini amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.